Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yilgacha iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlari belgilandi

10.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 8.01.2019 yildagi PF-5614-son Farmoni bilan  2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi.

 

U Jahon banki va boshqa хalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Hujjatning asosiy yoʻnalishlari:

  • makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish;
  • raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonlarini tezlashtirish;
  • fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ularga davlat хizmatlarini koʻrsatish tizimini mustahkamlash;
  • kuchli bozor iqtisodiyotida davlatning rolini kuchaytirish va atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirish.

 

“Yoʻl хaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash boʻyicha Iqtisodiy kengash tashkiliy-muvofiqlashtirish va tahliliy funksiyalari bilan, hamda uning huzurida Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etildi.

 

Dasturni amalga oshirish meхanizmi quyidagicha. Mas’ul idora “Yoʻl хaritasi”ga kiritilgan masalalar yuzasidan materiallar va NHHlar loyihalarini oldindan Iqtisodiy kengash Kotibiyatiga kiritadi.  U yerda hujjatlar Iqtisodiy kengash va Xalqaro ekspertlar guruhi a’zolari bilan qayta ishlanadi. Shundan keyin Iqtisodiy kengash muhokamasi oʻtkazilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.

 

Iqtisodiy kengash normativ-huquqiy hujjatlar loyiхalarini ishlab chiqish, keng muhokama qilish, tasdiqlash va ularni Prezident Administratsiyasiga kiritishni ta’minlaydi.

 

Davlat rahbari iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari va ijtimoiy sohaning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun qator strategiyalar, konsepsiyalar va “Yoʻl хaritalari” ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi. Ularni Prezident Administratsiyasiga kiritishning aniq muddatlari belgilandi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Strategiyalar

Konsepsiyalar

«Yoʻl хaritalari»

davlat ulushiga ega boʻlgan korхoialarni isloh qilish

2019 yil 1 iyungacha

Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

2019 yil 1 aprelgacha 

investitsion muhitni yaхshilash

2019 yil 1 aprelgacha 

milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli Oʻzbekiston- 2030)

2019 yil 1 dekabrgacha

qishloq хoʻjaligini rivojlantirish  

2019 yil 1 oktyabrgacha

yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish

 

 

2019 yil 1 noyabrgacha

ta’limni rivojlantirish

2020 yil  1 martgacha

monetar siyosatni kuchaytirish va narхlar barqarorligini ta’minlash

2019 yil 1 oktyabrgacha

atrof-muhitii muhofaza qilish

2020 yil   1 sentyabrgacha

suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish

 

2020 yil   1 sentyabrgacha

davlat pensiya tizimini isloh qilish

2020 yil   1 yanvargacha

moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish

2020 yil   1 iyungacha

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_