Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

2022 yilda qaysi kunlar dam olish kunlari boʻladi

21.12.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 20.12.2021 yildagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan quyidagi qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar belgilandi:

a) ish haftasining turidan qat’i nazar:

  • 3 yanvar (dushanba);
  • 22 mart (seshanba);
  • 23 mart (chorshanba);
  • 11 iyul (dushanba);
  • 2 sentyabr (juma);

b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun:

  • 4 yanvar (seshanba);
  • 4 may (chorshanba);
  • 5 may (payshanba);
  • 12 iyul (seshanba);
  • 3 sentyabr (shanba);
  • 31 dekabr (shanba).

 

Shuningdek, 2022 yilda 5-kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirildi:

  • 8 yanvar (shanba) kunidan 4 yanvar (seshanba) kuniga;
  • 7 may (shanba) kunidan 4 may (chorshanba) kuniga;
  • 14 may (shanba) kunidan 5 may (payshanba) kuniga;
  • 16 iyul (shanba) kunidan 12 iyul (seshanba) kuniga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.