Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2023 yil uchun statistika dasturi tasdiqlandi

01.03.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2023 yildagi “2023 yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 80-son Qaror qabul qilindi.

 

Dastur oʻzida quyidagi tashkilotlar tomonidan shakllanadigan statistika ma’lumotlari roʻyхatini aks ettiradi:

  • Prezident huzuridagi Statistika agentligi;
  • rasmiy statistikani tayyorlovchilar (milliy statistika tizimining bir qismi boʻlgan  davlat boshqaruvi organlari va (yoki) ularning boʻlinmalari);
  • ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar (ma’lumotlarni rasmiy statistikani tayyorlovchilarga taqdim etuvchi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ).

 

Ma’lumot uchun: bir yillik statistika dasturi koʻp yillik statistika dasturini bajarish maqsadida ishlab chiqiladi.

Bir yillik statistika dasturida quyidagi vazifalar nazarda tutiladi: 

  • rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
  • rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan statistika kuzatuvlarini tashkil etish;
  • ma’muriy ma’lumotlarni tayyorlash va rasmiy statistikani tayyorlovchilarga taqdim etish;
  • statistika registrlarini ishlab chiqish va yuritish;
  • rasmiy statistikani tarqatish. 

Bir yillik statistika dasturi har bir rasmiy statistikani tayyorlovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va tarqatiladigan statistika ma’lumotlarining ularni bajarish davriyligi hamda muddatlari koʻrsatilgan holdagi roʻyхatini oʻz ichiga oladi.

 

Statistika dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun respublika byudjetidan 195,2 mlrd soʻm ajratiladi.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.02.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.