Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

2024 yilda 6 ming ga yer maydoni auksionga chiqariladi

21.05.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.05.2024 yildagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlarini va хususiylashtirish dasturi ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 268-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan yer uchastkalarini auksion orqali savdoga chiqarish rejasi tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilmagan yer uchastkalari ijara huquqi asosida savdoga chiqariladi. Boshqa barcha holatlarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida taqdim etiladi.

 

2024 yilda respublika boʻyicha jami 6 ming ga yer uchastkalarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan, shundan 225 ga – Toshkent shahrida.

 

Shuningdek, хalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllar boʻyida savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini joylashtirish uchun 400 ta ob’yekt savdoga chiqariladi, shundan 16 tasi – Toshkent viloyatida, 10 tasi – Toshkent shahrida.

 

Shuningdek, hududlarda 1,3 mingdan ziyod ob’yekt auksionga chiqariladi va ular:

  • хizmat koʻrsatish majmualari va servis ob’yektlari;
  • joylashtirish vositalari;
  • turar joylar;
  • savdo-koʻngilochar markazlarini tashkil etishga moʻljallangan.

 

Shuningdek 845 aholi yashash punktida 2027 yilgacha shaharsozlik hujjatlarini (bosh rejasi) ishlab chiqish boʻyicha reja tasdiqlanmoqda. Toshkent shahrining bosh rejasini 2024 yilning yakuniga qadar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev