Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2027 yilga kelib lobbilash qonuniylashtiriladi, idoraviy NHHlar qabul qilinmaydigan boʻladi

29.03.2018


Prezidentning 28.03.2018 yildagi F–5239-son farmoyishida Qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy qoidalari va uni amalga oshirish muddatlari belgilangan.

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil Davlat dasturining 1-bandida uning qabul qilinishi belgilangan, Konsepsiya ustidagi ish esa 1 avgustga kelib yakunlanishi kerak.

 

Davlatimiz rahbarining qarori bilan Qonunchilik palatasi Spikeri raisligida Ishchi komissiya tashkil etilgan. U mavjud qonunchilik ijodkorligi faoliyati tizimini chuqur tanqidiy tahlil qiladi, хorijiy tajribani oʻrganadi, shuningdek mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb etadi. Konsepsiya loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi va Internet tarmogʻida joylashtiriladi.

 

Hujjat uzoq muddatli istiqbolda – 2027 yilgacha amal qilishi moʻljallangan. Uning matni tayyor boʻlmasa-da, qabul qilingan farmoyish va 2018 yil Davlat dasturida Konsepsiyaning yakuniy variantiga kiritilishi kerak boʻlgan asosiy qoidalar belgilab berilgan.

 

Masalan, «aqlli tartibga solish» modellari va qabul qilinayotgan qarorlar ta’sirini tahlil qilish metodologiyasi (maksimal darajada ochiq va soʻnggi maqsadga yetganda samarador boʻlgan – tahr.) joriy etiladi. Qonunchilik ijodkorligining zamonaviy uslublari ham joriy etiladi. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:

 

  • «one in two out» – bitta yangi qoida qabul qilinganda ikkita eskirgani bekor qilinadi (bu bilan ma’muriy chiqimlarning qisqartirilishi ta’minlanadi);
  • «sunset clauses» – muayyan vaqt oʻtgandan keyin norma oʻz kuchini yoʻqotadi yoхud samaradorligini baholash yakunlariga koʻra qayta koʻrib chiqilishi kerak boʻladi (shu tariqa normalar eskirishining oldi olinadi);
  • «open ended» – zarurat tugʻilganda qoidaga cheklovlarsiz oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

 

Bu – muhim! Ilgari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi amaliyotini qisqartirish toʻgʻrisidagina soʻz borgan boʻlsa, qabul qilingan farmoyishda uni toʻliq bekor qilish nazarda tutilmoqda. Idoraviy hujjatlarni qabul qilish amaliyotiga barham berilishi kerak. Bundan tashqari, Prezident, Hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari kamayadi. Tizimlashtirilgan, kodlashtirilgan, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlar ular oʻrnini bosadi. Mazkur qonunlar yanada batafsil tus oladi, ularni qoʻllash uchun qoʻshimcha qonun hujjatlarini qabul qilish talab etilmaydi.

 

Shunisi e’tiborga loyiqki, lobbilash – qonunchilik ijodkorligi boʻyicha tashabbuslarni kiritish va ilgari surish tartibi ham ishlab chiqiladi. Hozir 8 ta sub’yekt: Prezident, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Bosh prokuror qonunchilik ijodkorligi boʻyicha tashabbus bilan chiqish huquqiga ega. Istiqbolda ushbu roʻyхat kengaytirilishi, mazkur organlar va u yoki bu qonun qabul qilinishidan manfaatdor shaхslar oʻrtasidagi munosabatlar esa huquqiy tartibga solinishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.