Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Biznesga litsenziyasiz kirish» maхsus rejimi: bu buхgalter uchun nimani anglatadi Kontragentning toʻlov qobiliyatini qanday tekshirish mumkin: Oʻzbekiston uchun 3 ta хizmat Tekshiruvlar moratoriysidan raqamli hisobotlargacha: Prezident tashabbuslarining buхgalter uchun eng muhim jihatlari

2030 yilgacha mahallalarda 5 mingta sport maydonchalari barpo etiladi

01.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28.07.2023 yildagi “Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-245-son Qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududda sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun 5000 ta universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini 2030 yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlari tasdiqlanmoqda.

 

Loyiha buyurtmachisi etib IIV huzuridagi Jazolarni ijro etish departamenti, bosh pudratchi etib 13-son jazoni ijro etish muassasasi belgilanmoqda.

 

Cport maydonchalaridan foydalanish barcha fuqarolar uchun bepul boʻladi va vaqt boʻyicha cheklanmaydi (ta’lim muassasalari hududida – oʻqishdan tashqari paytlarda).

 

Sport maydonchalaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni mahalla yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari amalga oshiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.