Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

21 oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni

12.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan 2020 yil 10 apreldagi OʻRQ-615-son Qonun imzolandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oliy Majlis, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va «Rivojlanish strategiyasi» markazi 21 oktyabrni Oʻzbek tili bayrami kuni deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqqan edi. Ushbu taklif davlatimiz rahbari tomonidan oʻtgan yili ma’qullangan edi.

 

Ushbu sana bejiz tanlanmagan: 21 oktyabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 1989 yilning shu kunida «Davlat tili toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilingan (21.12.1995 yildagi tahrirda amal qilmoqda, tahr. izohi). Prezident tomonidan qonunning bugungi kun talablarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.04.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.