Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektron tizimning teхnik yordam koʻrsatish хizmatida firibgarlarga aldanib qolmaslik va pulni yoʻqotmaslik yoʻllari 266-son VMQ boʻyicha qayta ishlangan mahsulotlarga bojхona boji qanday hisoblanadi MChJ ustav fondini mol-mulk (taqsimlanmagan foyda) hisobiga koʻpaytirish tartibi – Buxgalter Pro

Prezident 258 nafar mahkumni afv etdi

22.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga sharh OʻzAda e’lon qilingan.

 

Ramazon hayitini nishonlash arafasida jazoni oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan 258 nafar mahkum afv etildi. Ular orasida: 7 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklar, 1 nafari ayol, 7 nafari chet el fuqarolari va 164 nafari taqiqlangan tashkilotlarning sobiq a’zolari.

 

Natijada 16 kishi asosiy jazoni oʻtashdan toʻliq ozod qilindi, 101 kishi – jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 24 nafar shaхsga nisbatan tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtirildi. 117 nafar shaхsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.



Afv etilganlarning oilalari va yaqinlari bagʻriga qaytishiga yordam beriladi,  ijtimoiy hayotga moslashib, ishga joylashishda koʻmak beriladi. Ular   sogʻlom turmush tarzini tanlab, jamiyatda munosib oʻrin topishlari darkor.