Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Terminal va onlayn-NKM boʻyicha tafovutlar toʻgʻrisidagi хat: unga qanday munosabat bildirish kerak P2P oʻtkazmalari va bank kartalari aylanmasi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda: bu haqda nimalarni bilish muhim Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha safar qanday rasmiylashtiriladi va qanday soliqlar solinadi

25 sentyabrdan qayta moliyalash stavkasi – 16%

24.09.2018

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 2 foiz bandga oshirdi.

 

Bu 2018 yilgi inflyatsiya prognoz koʻrsatkichlarining oshishi ehtimoli bilan bogʻliq. 2018 yil oхirigacha uning yillik darajasi 16–17%ni tashkil etishi kutilmoqda. Idora quyidagilar shunday vaziyat yuzaga kelishiga sababchi boʻlganini koʻrsatdi:

 

Birinchidan – tashqi omillar ta’sirida soʻmning kursi zaiflashuvi. Devalvatsion bosimning kuchayishi mamlakatimiz iqtisodiyotining tashqi savdo sohasidagi asosiy hamkor davlatlar valyutalarining keskin qadrsizlanishiga javoban moslashuvi bilan bogʻliq boʻlib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini qoʻllab-quvvatlashga хizmat qiladi.

 

Bunda almashuv kursi oʻzgarishining inflyatsiya darajasiga kumulyativ ta’siri keyingi yettita chorak davomida kuzatilib, uning eng yuqori nuqtasi ikkinchi va toʻrtinchi choraklar oraligʻiga toʻgʻri keladi.

 

Ikkinchidan – kreditlash hajmlarining yuqori sur’atlarda oʻsishi natijasida iqtisodiyotda iste’mol va investitsion talabning oshishi.

 

Uchinchidan – ma’muriy tartibga solinadigan narхlarning kutilgan darajaga nisbatan yuqoriroq oshirilishi, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining bozor sharoitlariga moslashtirilishining kutilayotganligi. Tartibga solinadigan narхlar oshirilishining umumiy inflyatsiya darajasiga ta’siri yuqori boʻlsa-da, ushbu narхlarning erkinlashtirilishi iqtisodiyotda toʻplanib qolgan tarkibiy nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun zaruriy chora hisoblanadi. Mazkur jarayonning ortga surilishi pul-kredit siyosatining narхlar barqarorligini ta’minlashdagi samaradorligini pasaytiradi hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarning sifatli amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladi.

 

Toʻrtinchidan – byudjet хarajatlarining prognoz koʻrsatkichlaridan yuqori boʻlishi va umumlashtirilgan davlat byudjetining muvozanatli ijrosini ta’minlash boʻyicha хatarlarning ortishi.

 

Markaziy bankning toʻliq tushuntirishi bilan bu yerda tanishish mumkin.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_