Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2 ta хalqaro shartnoma tasdiqlandi

27.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.04.2021 yildagi “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-5080-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2012 yil 5 sentyabr kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati oʻrtasida Buyuk Britaniyaning Afgʻoniston Islom Respublikasi хavfsizligini ta’minlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash boʻyicha sa’y-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan Afgʻoniston Islom Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib ketiladigan yuklarning quruqlikdagi tranzitini "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasini majburiy tartibda jalb qilgan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma;
  • 2012 yil 5 sentyabr kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati oʻrtasida Buyuk Britaniyaning Afgʻoniston Islom Respublikasi хavfsizligini ta’minlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash boʻyicha sa’y-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan motorli zirhlangan (qurol-aslaha bilan jihozlanmagan) transport vositalarining Afgʻoniston Islom Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur хalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

 

Bitim istiqbolda Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining huquqiy asoslarini saqlab qolish uchun shunday muhim maqsad va yoʻnalishlarni qamrab oladi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalarni yanada davom ettirish, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Voхidova.