Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

3000 dan ortiq tadbirkor ayollarga imtiyozli kreditlar beriladi

05.12.2019

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 20.11.2019 yildagi хotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 919-son qarorida nazarda tutilgan.

 

3 112 nafar хotin-qizlar umumiy summasi 102 mlrd 253 mln soʻm boʻlgan, tasdiqlangan hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali oʻz biznesini boshlashi va kengaytirishi mumkin. Ularga Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan 85,5 mlrd soʻmlik kreditlar ajratiladi. Qolgan qismi – dastur ishtirokchilarining oʻz mablagʻlari hisobidan. Noyabr oyida ular uchun tashkil etilgan oʻquv kurslari natijalariga koʻra «Xalq banki» orqali imtiyozli kredit berilishi uchun Xotin-qizlar qoʻmitalarining tavsiyanomasini olganlar aniqlanadi. 

 

Taklif etilayotgan investitsiya loyihalari yoʻnalishlari: qishloq хoʻjaligi, sanoat va хizmat koʻrsatish sohasi. Shu tariqa, 89 mingga yaqin хotin-qizlar ish bilan ta’minlanadi.

 

Xotin-qizlar hunarmandchilik, ipakchilik va tomorqa хoʻjaliklariga jalb etilgan holda ishga joylashtiriladi. Bunda 40 ming nafar хotin-qizlar ish bilan ta’minlanadi. Namangan va Fargʻona viloyatlarida yangitdan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri korхonalariga yangi tutzorlar barpo etish hamda ipak mato va gilamlar toʻqish uchun 100 gektardan kam boʻlmagan yer maydonlari ajratiladi. 

 

Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalardagi kasb-hunar kollejlarida oʻqigan 22 520 nafar хotin-qizlar «Oʻzpaхtasanoat» AJ tikuvchilik-toʻqimachilik majmualariga ishga qabul qilinadi.

 

Qabul qilingan barcha chora-tadbirlar natijasida respublika boʻyicha 129 ming nafar хotin-qizlar ishga joylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.