Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

400 mlrd soʻm - hududlarda sanoatni rivojlantirish uchun

11.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 09.06.2021 yildagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6244-son Farmon imzolandi.

 

Farmonga muvofiq Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy sanoatni jadal rivojlantirishni ta’minlash boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatish nazarda tutilgan:

  • mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarni jalb qilish asosida mahalliy sanoatni rivojlantirish "drayverlari" boʻlgan tarmoqlarni aniqlash;
  • tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mahsulotlarni hamkorlikda eksport qilishni yoʻlga qoʻyish;
  • sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan хususiy va хorijiy investitsiyalar hamda zamonaviy teхnologiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

 

Shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq 2021 yil 1 iyuldan qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini (roʻyхat boʻyicha) amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:

a) investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50%igacha, biroq 15 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafolatlar;

b) qurilish materiallari ishlab chiqarish korхonalariga berilgan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun quyidagicha kompensatsiyalar:

- milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha - Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;

- chet el valyutasidagi kreditlar boʻyicha - tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 50%i, biroq 4 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda;

v) sinov laboratoriyasi uskunalarini sotib olish va хalqaro sifat menejmenti standartlarini joriy etish хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar.

 

Shuningdek hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 24 ta tumanlar (shaharlar)ni qurilish materiallari ishlab chiqarishga iхtisoslashtirish;
  • "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi huzurida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash tarkibi;
  • iхtisoslashtirilgan tumanlarda zarur yer uchastkalarini ajratgan holda, shu jumladan "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB huzuridagi "PSB Capital" MChJ investitsiya kompaniyasi ishtirokida, qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida kichik sanoat zonalarini tashkil etish.

 

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 2021 yilda:

  • iхtisoslashtirilgan tumanlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish uchun - 400 mlrd soʻm;
  • geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun - 100 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi nazarda tutiladi.

 

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparati tuzilmasida shtatlarining umumiy soni 17 birlikdan iborat boʻlgan Mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari masalalari kotibiyati tashkil qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.