Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

4 va undan ortiq bolasi boʻlgan oila - koʻp bolali oila

08.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi 830-son qarori qabul qilindi.

 

Qonun hujjatlarida va huquqni qoʻllash amaliyotida koʻp bolali oila tushunchasi bir хilda qoʻllanilishini ta’minlash maqsadida hujjat bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Xususan, Uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (26.02.2019 yildagi 170-son VMQ bilan tasdiqlangan) 16 yoshgacha 7 nafar va undan ziyod bolalari boʻlgan koʻp bolali oilalarga uy-joy taqdim etilishiga oid talab bekor qilindi.

 

Bundan tashqari, Qishloq joylardagi kam ta’minlangan va koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari toʻgʻrisidagi nizomga (21.04.2006 yildagi 67-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish kiritildi, unga muvofiq koʻp bolali oilalarga qoramolni bepul berishda voyaga yetmagan 5 nafar va undan ortiq bolalari boʻlishiga oid talab bekor qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oila kodeksiga muvofiq toʻrt va undan ortiq 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan oila koʻp bolali oila hisoblanadi. Bunda agar toʻrt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan koʻprogʻi ta’limning kunduzgi shaklida (oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida oʻqiyotgan hamda 22 yoshga toʻlmagan boʻlsa, bu oila ham koʻp bolali oila hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.