Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

6 ta mintaqada yangi yoʻllar va vodoprovod tarmoqlari quriladi

13.09.2018

Rus tilida oʻqish


Oʻzbekiston Respublikasi  bilan Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (QAITJ) oʻrtasida imzolangan 30,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz bitimi doirasida 138 km avtomobil yoʻli va 198 km suv ta’minoti tarmogʻi quriladi.

 

Qurilish ishlari Prezidentning 10.09.2018 yildagi PQ–3937-son «Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida «Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.  

 

Qurilishi moʻljallanayotgan ob’yektlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Qashqadaryo, Samarqand, Surхondaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida joylashtiriladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlarning hokimliklari Qurilish vazirligi bilan birgalikda loyihani amalga oshirish doirasida tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash tartibini belgilaydi.

 

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan loyihani umumiy muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. «Qishloq qurilish invest» IK» MChJ ijro etuvchi mas’ul organ etib belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_