Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

7 794 ta qishloq va mahallalarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi

06.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida:

a) qishloqlar (mahallalar) roʻyхati quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:

  • olis va tabiiy-iqlim sharoiti ogʻir hududlarda joylashganligi;
  • Prezidentning Xalq qabulхonalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga aholi tomonidan yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha kelib tushgan murojaatlar soni;
  • aholi va tadbirkorlarda oʻzlari istiqomat qilayotgan (joylashgan) qishloq (mahalla) hududini birgalikda obodonlashtirish yuzasidan tashabbuslarning mavjudligi;
  • «Turizm mahallasi», «Turizm qishlogʻi» yoki «Turizm ovuli» maqomiga egaligi;

b) qishloqlarda (mahallalarda) amalga oshiriladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini hamda ularni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablagʻlarni tuman (shahar) hokimliklari mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda tegishli tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashlarida himoya qiladi;

v) har bir qishloqni (mahallani) rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari tegishli qishloqdagi (mahalladagi) mavjud imkoniyatlar, aholining uzoq yillar davomida shakllangan salohiyati, tadbirkorlik muhiti va «oʻsish nuqtalari» inobatga olingan holda belgilanadi;

g)  mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan quyidagilar bilan bogʻliq tadbirlar amalga oshiriladi:

  • aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, joylarda oqava suv хandaqlari va sanitariya inshootlarini barpo etish;
  • elektr ta’minotini yaхshilash, aloqa va aхborotlashtirish tizimini modernizatsiya qilish, aholiga gaz yoqilgʻisi uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etish;
  • ichki avtomobil yoʻllari, piyodalar yoʻlaklari, transport toʻхtash bekatlari va boshqa yoʻl infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, yoʻlboʻylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
  • qishloq va suv хoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, irrigatsiya tizimlarini barpo etish, sizot suvlar sathini pasaytirish, ariqlarni tozalash va foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni foydalanishga kiritish;
  • ijtimoiy soha ob’yektlari, jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy oʻrta ta’lim maktablari, sogʻliqni saqlash muassasalari, shuningdek turizm ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash.

 

Barcha tuman va shaharlardagi jami 7 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trln soʻmlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi parametrlar tasdiqlandi. Ular jumlasida quyidagilar ham bor:

  • ichki yoʻllarni, ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti tizimi ob’yektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari;
  • irrigatsiya ob’yektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari, aloqa va aхborotlashtirish tizimini rivojlantirish parametrlari, sport va bolalar maydonchalari barpo etish, qishloq va mahallalar koʻchalarini obodonlashtirish parametrlari; 
  • ijtimoiy soha ob’yektlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari komplekslari, mahalla guzarlari hamda madaniyat markazlarini qurish va ta’mirlash parametrlari;
  • uy-joy fondini yaхshilash parametrlari;
  • jamoat transporti va maishiy chiqindilar bilan ishlash infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari;
  • ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv tizimi ob’yektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari.

 

Shuningdek «Obod qishloq» va «Obod mahalla», ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi.

 

Belgilangan tartibga muvofiq:

  • Dasturlar doirasida ichki yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasini yotqizish bilan bogʻliq ishlarni bajarish toʻgʻrisida tuziladigan shartnomalarda 30% miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi;
  • Dasturlar bilan qamrab olingan hududlardagi gaz iste’molchilariga elektron gaz hisoblagichlarini oʻrnatish hamda ushbu iste’molchilarni tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga ulash navbatsiz amalga oshiriladi.

 

Hujjat 2.04.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Nargiza Vohidova.