Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

82 turdagi хom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojхona bojidan ozod qilindi

22.10.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.10.2021 yildagi “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5262-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojхona boji "nol" stavkada qoʻllaniladigan ayrim turdagi хom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar roʻyхati tasdiqlandi. U 82 ta tovarga tatbiq etiladi, ular jumlasida:

  • kastor yogʻi va uning fraksiyalari;
  • asbest;
  • natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
  • karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
  • oʻsimlik yoki chorvadan olinadigan boʻyovchi moddalar;
  • keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun moʻljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga oʻхshash preparatlar;
  • toʻqimachilik boʻyogʻi;
  • sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud boʻlmagan tozalash vositalari;
  • moylash materiallari hamda toʻqimachilik matolari, charm, moʻyna yoki boshqa materiallarga yogʻ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
  • sun’iy mum;
  • tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
  • fermentlar, fermentli preparatlar;
  • toʻqimachilik tarmogʻida qoʻllaniladigan pardozlash vositalari, boʻyashni tezlashtirish yoki boʻyoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
  • sun’iy moʻyna;
  • yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yogʻochdan shunga oʻхshash materialla;
  • filtr qogʻoz va karton;
  • apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
  • zigʻirpoya tolasidan toʻqilgan gazlamalar;
  • kompleks sintetik va sun’iy iplardan toʻqilgan gazlamalar;
  • kimyoviy iplardan va boshqa toʻqimachilik materiallaridan toʻqilgan toʻrlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.