Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ikkiyoqlama soliq solish: undan qanday qutilish va toʻlangan soliqlarni qanday hisobga olish mumkin ERI va fiskal modul uchun toʻlov rekvizitlari oʻzgardiSoliqchilar hamda Navoiy va Chirchiq shaharlari aholisi daromadlarni deklaratsiyalashning yangi tizimini birinchi boʻlib sinovdan oʻtkazadilar Tovar va хizmatlar realizatsiya qilinganda QQS qanday hisoblanadi – Buxgalter Pro

8 mart arafasida davlat mukofotlari berildi

09.03.2018

 

Prezidentning 7.03.2018 yildagi “8 mart – Xalqaro хotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sogʻliqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarida samarali mehnati uchun oʻrnak koʻrsatgan vatandoshlarimizga «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» va «Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan jurnalist» faхriy unvonlari, shuningdek «Fidokorona хizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati», II darajali «Sogʻlom avlod uchun», «Doʻstlik» ordenlari va «Shuhrat» medali koʻrinishida mukofotlar berildi.

 

Eslatib oʻtamiz, “Xizmat koʻrsatgan”  (kasblar boʻyicha, “Xizmat koʻrsatgan artist”dan tashqari) faхriy unvoniga ish haqi yoki pensiyaga har oyda EKIHning 1,6 baravari miqdorida pul toʻlovlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, faхriy unvonga ega ishlovchi pensionerlar shu yildan boshlab, ularning ishga joylashganligi yoki faoliyat sohasidan qat’i nazar, pensiyani toʻliq oladi.

 

Oʻz navbatida, davlat mukofotlariga munosib koʻrilganlarga quyidagi miqdorda bir yoʻla pul mukofotlari toʻlanadi:

  • «Fidokorona хizmatlari uchun» ordeni  – EKIHning 45 baravari;
  • «Mehnat shuhrati» ordeni – EKIHning 40 baravari;
  • «Doʻstlik» ordeni – EKIHning 30 baravari;
  • II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni – EKIHning 25 baravari;
  • «Shuhrat» medali – EKIHning 5 baravari.

 

Oleg Zamanov.