Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abay Qoʻnonboyev ijodi keng oʻrganiladi

14.03.2018


Prezidentning «Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi.  OʻzA uning matnini ilovalarsiz e’lon qildi.

 

Hujjat bilan ana shu ishni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tashkil qilindi. U bir oy muddatda tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, unda quyidagilarni koʻzda tutishi lozim:

  • Abay Qoʻnonboyevning «Saylanma» asarini hamda «Oʻzbek va qozoq adabiy aloqalari» nomli adabiy-tahliliy maqolalar toʻplamini nashrga tayyorlash va chop etish;
  • Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida «Abay va oʻzbek adabiyoti» nomli doimiy ekspozitsiyani tashkil etish;
  • har yili shoir tugʻilgan 10 avgust sanasida Toshkent shahrida oʻrnatilgan Abay Qoʻnonboyev haykali poyiga gul qoʻyish marosimi va mushoira oʻtkazish;
  • oʻquvchi va talaba-yoshlar oʻrtasida «Abay asarlarining bilimdoni» insholar koʻrik-tanlovini oʻtkazish;
  • ommaviy aхborot vositalarida Abay Qoʻnonboyev hayoti va ijodi haqida turkum koʻrsatuv va eshittirishlar, maqolalar berib borish;
  • Abay Qoʻnonboyev hayoti va ijodi haqida yaratilgan badiiy va hujjatli filmlarni Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallari orqali namoyish etish;
  • mamlakatimizdagi oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.