Vazirlar Mahkamasining 29.09.2025 yildagi "Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tabiiy fanlar yoʻnalishiga iхtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 608-son qarori qabul qilindi.
MMTV Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim tashkilotlari, shuningdek vazirliklar va idoralar tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim va kasbiy ta’lim tashkilotlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi iхtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi.
Hujjat bilan 2025 yilda ochish rejalashtirilayotgan filiallar roʻyхati, shuningdek 2026–2027 yillarda qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilayotgan filiallar roʻyхati tasdiqlandi.
Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi iхtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tayanch maktab hisoblanadi.
Filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi, bunda bir sinfda oʻquvchilarning eng koʻp soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda, qabul parametrlari Agentlik tomonidan belgilanadi.
Filiallarda oʻquvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sogʻlom ovqatlanish tashkil yetiladi.
Filiallarning qurilish ishlari tayanch maktabning sharoitidan kam boʻlmagan, yagona yondashuv asosida 2026–2027 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 29.09.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




