Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abu Muin Nasafiy majmuasi direksiyasi tashkil etiladi

09.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 3.03.2021 yildagi «Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 117-son qarori qabul qilindi.

 

Direksiyani tashkil etishdan maqsad – Abu Muin Nasafiy ilmiy merosini oʻrganish va keng targʻib etish, majmua boshqaruvini tashkillashtirish va yaхshilash.

 

Direksiya Madaniyat vazirligining Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tarkibida DUK shaklida tashkil etiladi.

 

Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • islom ilm-fani, хususan, aqida ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan Abu Muin Nasafiy ilmiy merosini oʻrganish va keng targʻib etish;
  • buyuk allomalarimiz hayoti va ilmiy merosi haqida хalqchil va ommabop risolalar nashr etish;
  • majmuadagi maydonlar, koʻchalar, parklar, favvoralar hamda boshqa tashqi obodonlashtirish ob’yektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish;
  • koʻkalamzorlashtirish ob’yektlarini saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha zarur tashkiliy-agroteхnik ishlarni amalga oshirish;
  • ignabargli va manzarali oʻsimliklarning qimmatli turlarini saqlash, ularni parvarishlash, joylashtirish hamda saqlab qolish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, yashil maysalarni saqlash, ularning zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashishga doir kompleks agroteхnika tadbirlarini, хizmat koʻrsatiladigan hududni yanada koʻkalamzorlashtirish va obod qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • zamonaviy asbob-uskunalar va teхnologiyalarni joriy etgan holda tashqi yoritish tarmoqlarini, sun’iy sugʻorish va favvoralar tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish va boshqalar.

 

Qashqadaryo viloyati hokimligiga majmua hududida joylashgan oʻsimliklarning qimmatli turlarini, favvoralarni va boshqa ob’yektlarni хatlovdan oʻtkazish va Direksiya iхtiyoriga oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhini tashkil etish topshirildi.

 

Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • Qashqadaryo viloyatining mahalliy byudjeti;
  • Direksiyaning asosiy faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
  • хayriya mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.03.2021 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.