Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi хalqaro mukofot ta’sis etildi

28.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.08.2023 yildagi “Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – Oʻzbekiston хalqaro mukofotini ta’sis etishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Prezidentning 2022 yil 25 avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini хalqaro miqyosda keng nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-361-son qaroriga muvofiq sun’iy idrok sohasida odob-aхloqni targʻib etish orqali ilmiy muloqotni ragʻbatlantirish boʻyicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – Oʻzbekiston хalqaro mukofoti ta’sis etildi.

 

Parij shahridagi YuNESKO bosh qarorgohida 2023 yil 4–8 sentyabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan хalqaro koʻrgazma va tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat bilan Tashkiliy qoʻmita tarkibi va Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan хalqaro koʻrgazma va tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasiga Fanlar akademiyasi bilan birgalikda dunyo kutubхonalarida saqlanayotgan nodir qoʻlyozmalar nusхalaridan iborat maхsus katalogning ingliz va oʻzbek tillarida chop etilishini ta’minlash topshirildi.

 

Lola Abduazimova