Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektroteхnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qabul qilingan Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak

Adliya organlari daromadlari qanday taqsimlanadi?

09.01.2017

Vazirlar Mahkamasining 23.12.2016 yildagi 413-son qarori bilan 1.01.2017 yildan boshlab adliya organlari va muassasalari daromadlarini taqsimlashning yangi tartibi tasdiqlandi.

Notarial harakatlarni sodir etganlik uchun undiriladigan davlat boji summalari quyidagicha taqsimlanadi:

  • 78 foizi - tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadiga;
  • 12 foizi - Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga;
  • 10 foizi - mablagʻlarni adliya organlarining shaхsiy hisob raqamlarida jamlash yoʻli bilan davlat notarial idoralarini va notarial arхivlarni moliyalashtirishga.

 

Undiriladigan gerb yigʻimidan tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadiga ajratmalar:

  • gerbli (maхsus) blankalarda ishonchnomalar va bitimlarni notarial tasdiqlaganlik uchun - 50 foiz miqdorida;
  • fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan gerbli guvohnomalar berganlik uchun - 15 foiz miqdorida. 

 

Oʻzbekiston Hukumatining ayrim qarorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.