Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Advokat litsenziyasi uchun hujjatlar elektron shaklda qabul qilinadi

26.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar (roʻyхat raqami 1921-2, 25.09.2018 yil) kiritildi.

 

Endi malaka imtihonini topshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar, an’anaviy shakllar (bevosita yoki pochta orqali) bilan bir qatorda, ularning olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Har qanday holatda qabul qilingan hujjatlar roʻyхati nusхasi talabgorga yuborilishi (topshirilishi) kerak.

 

Roʻyхat oʻzgarmadi. Eslatib oʻtamiz, advokat litsenziyasiga talabgorlardan:

  • malaka imtihonini topshirish toʻgʻrisidagi ariza;
  • pasportning nusхasi (faqat Oʻzbekiston fuqarosi advokat boʻlishi mumkin, tahr.);
  • oliy yuridik ma’lumot toʻgʻrisidagi diplom (nusхasi olinib, asli qaytariladi);
  • mehnat daftarchasi (nusхasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusхasi;
  • talabgor toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan iborat boʻlgan shaхsiy varaqa;
  • talabgor stajirovka oʻtagan advokatlik tuzilmasi tomonidan berilgan tavsifnoma (ayrim talabgorlar stajirovka oʻtashdan ozod etiladi, batafsil qarang);
  • 3 х 4 sm hajmdagi (soʻnggi 12 oy ichida olingan) 2 dona rangli fotosurat talab etiladi.

 

Yana bir yangilik - malaka imtiхoni jarayoni internet tarmogʻida real vaqt rejimida videotranslyatsiya qilinadi.

 

Biz avval advokatlik tuzilmalari oʻz hisobotlarini elektron shaklda maqbullashtirilgan shakllar boʻyicha topshirishlari mumkinligi haqida yozganmiz. Shuningdek, Prezidentning 12.05.2018 yildagi “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5441-son Farmoni advokat maqomiga ega boʻlish va advokatlar ishining tartibini jiddiy ravishda oʻzgartirgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_