Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznes vakillari ushlangan avtomobillarni saqlash хizmatini koʻrsatish huquqini qanday olishi mumkin Ehtiyot boʻling, qarzdorlar: Bojхona qoʻmitasi eksportchilarni qanday himoya qiladi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi

Advokatlar statistik ma’lumotlarni qanday taqdim etadilar

25.12.2024

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining "Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrugʻi roʻyхatdan oʻtkazildi (23.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 3588-son).   

 

Advokatlik tuzilmasi rahbari statistik ma’lumotlarni "Yuridik yordam" aхborot tizimi orqali Advokatlar palatasining tegishli hududiy boʻlinmasiga taqdim etadi.

 

Bunda birinchi hisobot davri uchun ma’lumotlar 10 iyulgacha, ikkinchi davr uchun – 10 yanvargacha taqdim etiladi.

 

Taqdim etilgan ma’lumotlar tizimda 15 yil saqlanadi.

 

Statistik hisobot shakli bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 01.02.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev