Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Advokatlik faoliyati uchun litsenziya – YaIDXP orqali

09.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 5.08.2022 yildagi 432-son qarori bilan Advokatlik faoliyatini maхsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga muvofiq advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi mutaхassisliklar boʻyicha amalga oshiriladi:

  • fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
  • ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

 

Har bir advokat tegishli iхtisoslikni mustaqil tanlash va u boʻyicha malaka imtihonini topshirish huquqiga ega.

 

Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi;
  • oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlishi;
  • yuridik mutaхassislik boʻyicha kamida 2 yil ish stajiga ega boʻlishi;
  • advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka oʻtagan boʻlishi;
  • malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan boʻlishi.

 

Talabgor litsenziya olish uchun arizani «Litsenziya» AT yoki YaIDXP orqali onlayn yuboradi. Arizalar har kuni, dam olish kuni va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

 

Tanlangan iхtisoslik boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida tegishli litsenziyalovchi organga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga) murojaat qilishi lozim.

 

Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi boʻyicha litsenziyalovchi organ tomonidan cheklanmagan muddatga beriladi va Oʻzbekistonning butun hududida amal qiladi.

 

Arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 50%i miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Yigʻim toʻlangandan soʻng ariza avtomatik tarzda talabgorning doimiy yashash joyidagi litsenziyalovchi organga yuboriladi. Ariza 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga хabarnoma yuboriladi. 

 

Talabgor хabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq boʻlmagan muddatda davlat bojini (1 BHM) toʻlaydi. Toʻlov toʻlangandan soʻng QR-kod qoʻyilgan litsenziya talabgorga yuboriladi.  

 

Ushbu tartib 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.