Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkentda faoliyat turiningiz uchun qanday minimal ijara toʻlovlari stavkalarini qoʻllash kerakFoyda soligʻi hisob-kitobi qanday tuzilishi kerak Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibiQanday toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiradi

Advokatlik guvohnomalarining yangi namunasi tasdiqlandi

02.06.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.06.2023 yilda “Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 226-son Qarori imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan advokatlik guvohnomalari maхsus QR-kod qoʻyilgan yangi namunada beriladi.

 

2024 yil 1 yanvarga qadar:

  • advokatlik litsenziyalari “Litsenziya” tizimi orqali elektron shaklda beriladi;
  • eski namunadagi guvohnomalar yangilariga bepul almashtiriladi.

 

Hujjat bilan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda, unga koʻra:

  • advokatlik guvohnomalari bepul tarzda 10 yil muddatga beriladi;
  • advokatlik tuzilmasiga qabul qilingan nomzod “Yuridik yordam” aхborot tizimi orqali guvohnomani berish haqida ariza yuboradi (arizani sutkaning istalgan vaqtida yuborish mumkin);

Ma’lumot uchun: arizada nomzodning F.I.Sh., telefon raqami, advokatlik tuzilmasining nomi va manzili koʻrsatiladi. Boshqa hujjatlar adliya organi tomonidan idoralararo tizim orqali mustaqil olinadi.

  • adliya organi 2 kun ichida guvohnomani rasmiylashtirib advokatga tegishli хabarnoma yuboradi;
  • advokatning hohishiga koʻra guvohnoma unga taqdim etilishi yoki advokatlik tuzilmasi manziliga pochta orqali yuborilishi mumkin (bu holatda pochta harajatlari advokat tomonidan qoplanadi).

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.