Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Advokatlikka nomzodlarga ish staji boʻyicha talab bekor qilindi

11.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 09.08.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi OʻRQ-862 son Qonuni imzolandi.

 

Hujjat  advokatlik litsenziyasini olish uchun ikki yillik yuridik stajga ega boʻlish talabini bekor qilmoqda.

 

Ushbu oʻzgartirish advokatura sohasini jozibadorligini oshirish hamda sohaga yosh kadrlarni jalb qilishga qaratilgan.

 

Talabgorlarga kamida uch oylik stajirovka oʻtash va malakaviy imtihonni topshirish talabi saqlanib qolinmoqda.

 

Hujjat “Xalq soʻzi ” gazetasida e’lon qilingan.

 

Sobir Nurberdiyev.