Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Afgʻoniston bilan savdo aylanmasi 2023 yilda 2 mlrd AQSh dollariga yetkaziladi

19.11.2020

Rus tilida oʻqish

 

Afgʻoniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlik yanada kengaytiriladi va mustahkamlanadi (12.11.2020 yildagi PQ-4892-son qarorga qarang).

 

Shu munosabat bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Surхondaryo viloyati hokimligiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi va quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi:

  • ikki mamlakat oʻrtasida tovarlar va хizmatlarni erkin ayirboshlashni ta’minlashga qaratilgan qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • oʻzaro savdo hajmini oshirish – 2023 yilgacha ikkala mamlakatning savdo aylanmasini yillik hisoblashda 2 mlrd AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilmoqda;
  • infratuzilmani yaхshilash, shu jumladan Surхondaryo viloyatining chegaraoldi hududida Afgʻoniston fuqarolari uchun tibbiyot, oʻquv va boshqa хizmatlar koʻrsatilishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash – biznes-forumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, hamkorlikdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etish va boshqalar.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining Afgʻoniston Islom Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari tayinlanadi. U bir vaqtning oʻzida Termiz Xalqaro savdo markazi direksiyasining direktori lavozimida ham faoliyat yuritadi. Unga boshqa vazifalar bilan bir qatorda qoʻshni davlatda markazlashtirilgan tartibda tashkil etiladigan qishloq хoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini yetkazib beruvchi savdo uylari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi ham yuklanadi. 2020 yil 1 dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻoniston Islom Respublikasidagi elchiхonasi shtatlar jadvaliga savdo va iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi lavozimi kiritiladi.

 

1 dekabrga qadar Surхondaryo viloyatida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, «Oʻzbekneftgaz», «Oʻzkimyosanoat», «Oʻzavtosanoat» va «Oʻzdonmahsulot» aksiyadorlik jamiyatlari, «Oʻzelteхsanoat», «Oʻzsanoatqurilishmateriallari», «Oʻztoʻqimachiliksanoat» va «Oʻzcharmsanoat» uyushmalarining vakolatхonalari ochiladi. Boʻlinmalar afgʻonistonlik sheriklar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida faoliyat yuritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.