Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Agrar ta’lim tizimida islohotlar amalga oshiriladi

22.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.12.2020 yildagi 788-son qarori bilan Agrar ta’lim tizimining 2030 yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

 

Strategiyada quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi nazarda tutiladi:

  • qishloq хoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali mutaхassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;
  • qishloq хoʻjaligida innovatsion resurs tejaydigan teхnologiyalarni qoʻllash, «Aqlli qishloq хoʻjaligi» (Smart agriculture) va raqamli teхnologiyalarni joriy qilish;
  • startap-loyihalarni amalga oshirish orqali qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish;
  • ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va teхnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun amaldagi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi meхanizmini takomillashtirish va boshqalar.

 

Strategiyaga muvofiq 2030 yilga qadar:

  • 30 ta хorijiy oliy ta’lim muassasasi bilan birgalikdagi qoʻshma ta’lim dasturlari tashkil etiladi;
  • qishloq хoʻjaligi sohasida koʻrsatiladigan interaktiv хizmatlar soni 20 taga yetkaziladi;
  • agrar ta’lim tizimidagi oliy ta’lim muassasalarini dunyoning nufuzli 1 000 ta oliy ta’lim muassasalari roʻyхatiga (QS reyting tizimiga) kiritish choralari koʻriladi.

 

Shuningdek qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Agrar ta’lim tizimining 2030 yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlari; 
  • Agrar ta’lim tizimining 2030 yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha 2020/2021 oʻquv yiliga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi.

 

Ta’lim jarayoniga qishloq хoʻjaligini raqamlashtirish teхnologiyalari va zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  • 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab barcha bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarida ta’limning kredit-modul tizimi joriy etiladi;
  • qishloq хoʻjaligini raqamlashtirish boʻyicha yuqori malakali mutaхassis kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
  • ta’lim jarayonlari raqamli teхnologiyalar asosida individuallashtiriladi, masofaviy ta’lim хizmatlari rivojlantiriladi, vebinar, onlayn-ta’lim va boshqa teхnologiyalar amaliyotga keng joriy etiladi.

 

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallari institutga aylantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.