Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi

Agroklaster: xom ashyodan tayyor mahsulotgacha

20.06.2019

Rus tilida oʻqish

Buxoro viloyatida paxta va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash  boʻyicha zamonaviy agroklaster quriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 14.06.2019 yildagi 500-son qarorida belgilangan.

 

Klaster "Buxoropaxtasanoat" hududiy birlashmasi” AJ negizida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, paxta xom ashyosi yetishtirishning samarali usullarini joriy qilish, urugʻlik materialini yetishtirish, qayta ishlash va tayyorlash, chuqur qayta ishlash asosida boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil qilish uchun barpo etiladi.

 

Quyidagilar agroklasterning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • paxta xom ashyosi va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishning ilgʻor ilmiy yutuqlari, zamonaviy va samarali usullarini joriy qilish;
  • paxta xom ashyosiga birlamchi ishlov berishning samarali va yuqori rentabelli usullarini, shuningdek, chuqur qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilish;
  • paxta chigiti hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini davlat va xalqaro standartlar talablariga muvofiq ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish;
  • paxta xom ashyosi va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish jarayoniga ilgʻor agrotexnik hamda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish;
  • toʻgʻridan-toʻgʻri, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb qilish hisobiga qishloq xoʻjaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish;
  • yetishtiriladigan paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotining sifati hamda miqdorini hisobga olish va nazorat qilish jarayonlariga zamonaviy AKTni keng joriy etish;
  • ilmiy va ta’lim muassasalari bilan birgalikda seleksiya hamda urugʻchilik sohasida tadqiqotlar oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlari va duragaylarini, shuningdek, paxta xom ashyosini birlamchi qayta ishlash texnologiyalarini yaratish.

 

2019­-2021 yillarda paxta tozalash korxonalari bazasida investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar jalb etilgan holda paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etiladi. Bunda paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash punktlarining bino hamda inshootlari paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga 5 yil muddatda boʻlib toʻlash (teng miqdordagi yillik toʻlovlar) sharti bilan baholash qiymatida sotiladi. Agroklasterga yigiruv va toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etish va ishga tushirish davrida 30 ming tonnagacha miqdordagi paxta tolasini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki fyuchers shartnomalari boʻyicha eksportga sotishga ruxsat berildi.

 

Yetishtiriladigan paxta xom ashyosi boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar fermer xoʻjaliklari bilan Agroklaster tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari orqali amalga oshiriladi. 2019 yilgi paxta xom ashyosi hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar agroklasterning oʻz mablagʻlari va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar mablagʻlari, shuningdek, tijorat banklarining kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Agroklaster tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga paxta xom ashyosi va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayoni uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda monitoring va nazorat qilinadi.

 

Iste’molchilarga paxta tolasi, paxta linti va texnik chigit agroklaster tomonidan paxta tozalash korxonalari bilan ushbu mahsulotlarni birja savdolari orqali sotishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda tuziladigan vositachilik shartnomalari, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va mahsulotni qaytarish asosida tolling shartnomalari boʻyicha sotiladi.  Sotilgan narx va Moliya vazirligi tasdiqlagan preyskurant boʻyicha narx oʻrtasidagi farq Agroklaster ixtiyorida qoladi va soliq solinadigan ob’yekt hisoblanmaydi (salbiy farqlar yuzaga kelgan taqdirda, xarajatlar agroklasterning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi).

 

Agroklaster va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar respublikada ishlab chiqarilmaydigan va oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, maxsus transport vositalari va texnika, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, qurilish materiallari, issiqxona komplekslari, hayvonlar, urugʻliklar va oʻsimliklar, veterinariya preparatlari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va YoMMni olib kirishda 2022 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.