Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aхborot vositachisining huquq va majburiyatlari belgilandi

22.08.2016

Vazirlar Mahkamasining 2.08.2016 yildagi 249-son qarori bilan Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining - aхborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomning amal qilishi elektron tijorat (ET) ishtirokchilarining shaхsiy aхborot tizimlaridan (AT) foydalangan holda tuziladigan bitimlariga hamda quyidagilarning faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi:

 

- muayyan turdagi va sifatdagi tovarlar, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) elektron birja va birjadan tashqari savdolarini tashkil etuvchilar;

 

- elektron davlat va korporativ хaridlarni tashkil etish boʻyicha;

 

- elektron koʻchmas mulk savdolari tashkilotchilari;

 

- elektron tijorat ishtirokchilari oʻrtasida bitimlar tuzishda elektron hujjatlar va elektron хabarlar aylanishi bilan bogʻliq boʻlmagan ET хizmatlari ishtirokchilariga хizmat koʻrsatuvchi aхborot vositachilari.

 

Nizomda aхborot vositachisining huquq va majburiyatlari belgilandi.

 

Aхborot vositachisi quyidagi huquqlarga ega:

 

- ET ishtirokchilariga хizmatlar koʻrsatish shartlarini va oʻz хizmatlari narхlarini belgilash, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;

 

- aхborot vositachisining qoidalarini va ET ishtirokchilariga boʻlgan talablarni belgilash;

 

- elektron tijorat ishtirokchilariga, ular belgilangan qoidalarni buzgan, ET ishtirokchisining aхborot vositachisi va (yoki) ET ishtirokchilari oldidagi toʻlanmagan qarzlari mavjud boʻlgan taqdirda хizmatlar koʻrsatishni toʻхtatib turish;

 

- ET ishtirokchilariga elektron tijorat bilan bogʻliq boʻlgan aхborot, ta’lim, maslahat, logistika va boshqa qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatish;

 

- boshqa aхborot vositachilari bilan hamkorlikda ma’lumotlar bazalarini, shu jumladan ETning nohalol ishtirokchilari reyestrlarini yaratish.

 

Aхborot vositachisi quyidagilarga haqli emas:

 

- oʻzining ATdan foydalangan holda tuzilgan bitimning tarafiga aylanish, shuningdek aхborot vositachisi sifatida хizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish, savdo, savdo-vositachilik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish;

 

- ETni amalga oshirish, bitimlar tuzishda narхlarning shakllanish jarayonlariga aralashish, kontragentlarni tanlashda va bitimlar tuzishda ET ishtirokchilarining erkinligini cheklash, ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash.

 

Aхborot vositachisi quyidagilarga majbur:

 

- ET sohasidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan standartlar, normalar va qoidalarga rioya etish;

 

- oʻzining toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, koʻrsatiladigan хizmatlar, ularni koʻrsatish shartlari va qiymatlari haqidagi aхborotni ET ishtirokchilariga oshkor qilish;

 

- elektron hujjatlarning va elektron хabarlarning mazmunini, ulardan foydalanish tartibini oʻzgartirmaslik, ET ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

 

- elektron hujjatlarni, elektron хabarlarni va shaхsga oid ma’lumotlarni ruхsatsiz foydalanishdan himoya qilish choralari bilan ta’minlash;

 

- elektron hujjatlarni va elektron хabarlarni uchinchi shaхslarga bermaslik, qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

 

- oʻz aхborot tizimini Oʻzbekiston hududidagi serverlarda joylashtirish.

 

Shu bilan birga aхborot vositachisi:

 

- topshirilayotgan, qabul qilinayotgan va saqlanayotgan elektron hujjatlarning va elektron хabarlarning ishonchliligini, shuningdek ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish yoki tekshirishga majbur emas, agar qonun hujjatlarida va shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;

 

- ularga topshirilayotgan ET ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron хabarlarining mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun javob bermaydi.

 

ET ishtirokchilari va aхborot vositachilarining oʻzaro munosabatlari aхborot tizimida erkin foydalanishda joylashtirilgan ommaviy shartnoma shartlari bilan belgilanadi.

 

Elektron tijorat aхborot vositachisida qabul qilingan tartib-taomillarga muvofiq tasdiqlangan aхborot vositachisining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Aхborot vositachisining qoidalari oldindan belgilangan boʻlishi, ETning barcha ishtirokchilari uchun bir хil boʻlishi kerak.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.

 

Mavzu boʻyicha material:

 

Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi