Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholi bandligi ta’minlamaganligi uchun hokimlarga jarima solinadi

10.05.2017

 

Prezidentning 6.05.2017 yildagi Qarori bilan tegishli hududda aholi bandligining prognoz parametrlarini bajarganlik uchun ragʻbatlantirish va shaхsiy javobgarlik tizimi joriy etildi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Shu tariqa, 1.07.2017 yildan boshlab:

 

  • Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan har chorak prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini ta’minlagan taqdirda ularga lavozim maoshlarining 15%i miqdorida mukofot toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda lavozim maoshlarining 15%i miqdorida jarima shaklida intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi;
  • ularning birinchi oʻrinbosarlariga, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga lavozim maoshlarining 20%i miqdorida mukofot, lavozim maoshlarining 20%i miqdorida jarima oʻrnatiladi.

 

Hududlar kesimida 2017 yilning III va IV choragida aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari Qaror bilan tasdiqlandi. Keyingi yildan boshlab ular shaharlar va tumanlar kesimida Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi Aholi bandligi dasturida – Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlanadigan har yilgi hududiy manzilli aholi bandligi dasturlarida oʻrnatiladi.

 

Bunda band aholi sonining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlariga nisbatan oʻzgarishi aholi bandligi oʻsishining koʻrsatkichi hisoblanadi. Band aholi soni byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlayotgan fuqarolar umumiy soni asosida aniqlanadi.

 

Mukofotlar toʻlash, bajarilmaganligi uchun lavozim maoshlaridan jarimalar undirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • QR Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga – qaror bilan tuzilgan maхsus Komissiyaning taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori asosida;
  • shahar va tuman hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga – QR Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari qarorlari asosida;
  • iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga – iqtisodiy kompleksning respublika organlari rahbarlari qarorlari asosida.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Oleg Zamanov,
ekspertimiz.