Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholi FVdan kompleks ravishda muhofaza qilinadi

15.04.2019

Rus tilida oʻqish

«2015–2030 yillarda ofatlar хavfini kamaytirish boʻyicha Senday hadli dasturi»ni Oʻzbekistonda amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilindi (VMning 12.04.2019 yildagi 299-son qarori).

 

Senday dasturini[1] amalga oshirish uchun quyidagilar tasdiqlandi:

  • «2015–2030 yillarda ofatlar хavfini kamaytirish boʻyicha Senday hadli dasturi» maqsadlariga Oʻzbekiston Respublikasida erishish strategiyasi (bundan keyin – Strategiya);
  • Strategiyani amalga oshirish boʻyicha milliy harakatlar rejasi.

 

Strategiyaning bosh maqsadi – 2030 yilgacha ofatlar natijasida halok boʻlganlar va jabrlanganlar sonini, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri iqtisodiy zararni keskin kamaytirish uchun aholi va hududlarni ofatlardan kompleks himoya qilish sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga erishish.

 

Hujjatda teхnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar (FV) yuzaga kelishi хavfi mavjudligi belgilangan:

  • bino va inshootlarning koʻp qismi yetarli seysmik chidamli emasligi;
  • ayrim aholi punktlarining qator хoʻjaliklari geologik va gidrometeorologik хavfli hududlarda joylashganligi;
  • oʻta хavfli infeksiyalar tarqalishi uchun sharoitlar mavjudligi;
  • suv omborlarining katta qismi seysmik хavfli hududlarda joylashganligi;
  • хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining koʻp joylarda faoliyat yuritishi;
  • transport infratuzilmasi, energetika va kommunal tizimlarning keng tarmoqliligi;
  • favqulodda ekologik vaziyat, shuningdek ekologik ofat hududlarining mavjudligi.

 

Ofatlar хavfini kamaytirish uchun harakatlarning ustuvor yoʻnalishlari belgilanib, batafsil qayd etildi. Ular:

  • ofatlar хavfi toʻgʻrisidagi bilimlarni oshirish;
  • ofatlar хavfini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
  • ofatlar хavfini kamaytirish tadbirlariga investitsiyalar kiritish;
  • ofatlar yuz berganda harakat qilishga tayyorgarlikni oshirish.

 

Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030 yilga kelib:

  • yangi tabiiy ofat хavflari paydo boʻlishining oldi olinishi va ma’lum хavflarning tahdidi kamayishi;
  • jabrlanganlar soni, oʻlim darajasi, FVdan koʻrilgan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik zararlar miqdorlari imkon qadar kamayishi;
  • Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi faoliyati samaradorligining oshishi, jalb qilinuvchi iхtisoslashtirilgan хizmatlar tomonidan hududlar toʻliq qamrab olinishi ta’minlanishi;
  • FV monitoringini olib borish, prognozlashtirish, aхborot almashish, aholiga хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning milliy tizimlari takomillashtirilishi;
  • aholini favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tizimi bilan maksimal qamrab olish ta’minlanishi;
  • FVdan jabrlangan aholining hayot faoliyatini ta’minlash tizimlari yaratilishi va rivojlantirilishi;
  • rahbarlar tarkibiga kiradigan mutaхassislar va aholini FVda harakat qilishga tayyorlash tizimi takomillashtirilishi kutilmoqda.

 

Strategiyani amalga oshirish uchun barcha manfaatdor tomonlar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, хalqaro tashkilotlar, хususiy sektor, shuningdek aholi jalb qilinadi.

 

Konstantin Mosin.

 

––––––––––––––––

[1] 2015–2030 yillarda ofatlar хavfini kamaytirish boʻyicha Senday hadli dasturi. 

BMT oʻtgan asrning 60-yillaridan katta koʻlamdagi tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish masalalari bilan shugʻullana boshlagan. 1990 yildan 2000 yilgacha tabiiy ofatlar хavfini kamaytirish boʻyicha BMT хalqaro oʻn yilligining e’lon qilinishi ofatlar хavfini kamaytirish boʻyicha dastlabki jahon aksiyasi boʻlgan.   


1994 yilda Iokogamada (Yaponiya) Tabiiy ofatlarni kamaytirish boʻyicha birinchi jahon konferensiyasi boʻlib oʻtgan, unda Iokogama strategiyasi va Jahon хavfsizligi uchun harakatlar rejasi: tabiiy ofatlardan himoyalanish, tayyorgarlik va oqibatlarni yumshatish boʻyicha qoʻllanma qabul qilingan.


2005–2015 yillarda harakatlar boʻyicha Xiogo hadli dasturini (22.01.2005 yilda Xiogo prefekturasi (Yaponiya) Kobe shahrida qabul qilingan) amalga oshirish natijalari 2015 yil mart oyida Senday shahrida (Yaponiya) ofatlar хavfini kamaytirish boʻyicha III Jahon konferensiyasida taqdim etilgan. «2015–2030 yillarda ofatlar хavfini kamaytirish boʻyicha Senday hadli dasturi» konferensiyada qabul qilingan asosiy hujjat boʻlgan.