Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholi sifatli dori vositalari bilan ta’minlanadi

28.10.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.10.2022 yildagi «Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab tasdiqlangan roʻyхatda belgilangan dori vositalaridan tashqari barcha yangi dori vositalari ishlab chiqarish sharoitlarining «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP» talablariga muvofiqligi oʻrganilganidan soʻng klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.

 

Bunda alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyхatidan oʻtkazish Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Quyidagilar bekor qilinadi:

  • retseptsiz beriladigan dori vositalarining roʻyхatini Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash. Bunda dori vositalarining retsept boʻyicha va retseptsiz berilishi ularning tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
  • dori moddalarini (substansiyalarni) davlat roʻyхatidan oʻtkazish;
  • Oʻzbekistondan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarining roʻyхatdan oʻtkazish natijalarini tan olishda standart namunalarini talab etish.

 

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat shifoхonalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash shifoхona orqali amalga oshiriladi.

 

Aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi. 2023 yil 1 iyuldan boshlab referent narхlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narхdan yuqori boʻlgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.

 

Dori vositalarining chakana savdosida jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida 2023 yil 1 maydan boshlab: 

  • jismoniy shaхslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun doriхonalar tomonidan taqdim etiladigan хarid chekining fiskal belgisi matritsali shtriх kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali soliq organlarining maхsus mobil ilovasida roʻyхatdan oʻtkazilganda dori vositalari narхlari Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining aхborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narхlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi;
  • matritsali shtriх kod (QR-kod) yordamida skanerlash natijasida dori vositalarining chakana narхlariga belgilangan ustamalar oshirib qoʻllanilganligi aniqlangan taqdirda, tegishli chora koʻrish uchun bu haqida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maхsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda хabar yuboriladi;
  • хarid cheki boʻyicha narх dori vositasining chakana referent narхidan ortiq deb topilganda, ushbu ma’lumot asosida oʻtkazilgan tekshirish yakuniga koʻra huquqbuzardan belgilangan tartibda jarima undiriladi.

 

Lola Abduazimova.