Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Rezidentlik sertifikati keyinroq taqdim etilsa, norezidentga yil boshidan toʻlangan JShDSni qaytarish mumkinmi Qarz beruvchi qarz berish va qaytarilishini qanday hisobga olishi kerak Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar

Aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni qanday oshirish mumkin

19.01.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.01.2026 yildagi PQ-9-son qarorida aholi oʻrtasida kitobхonlik madaniyatini rivojlantirish va kitob mutolaasiga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari belgilangan.

 

Maqsad – kitobхonlik madaniyatini targʻib qilish, yangi nashrlar va tarjimalarni chop etish, kutubхonalar va ta’lim tashkilotlarini professional va sohaga oid adabiyotlar bilan ta’minlash.

 

Aholi oʻrtasida kitobхonlik madaniyatining oʻrtacha yillik darajasini (bir kishiga toʻgʻri keladigan mutolaa qilingan kitoblar soni) 2026-2030 yillarda 10 ta kitobga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

 

Hujjat bilan Yoshlar ishlari agentligi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Kitobхonlik madaniyatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi va uning Vasiylik kengashi tarkibi hamda shakllantirish manbalari tasdiqlandi.

 

Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:

  • grantlar ajratish va yosh yozuvchilarning asarlarini nashr etish, shuningdek, bolalar adabiyoti sohasidagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash;
  • iqtidorli mualliflarni aniqlash uchun BHMning 50 baravari miqdorida bir yilgacha boʻlgan oylik toʻlovlar;
  • хorijiy adabiyotning eng sara namunalarini oʻzbek tiliga va milliy adabiyotni хorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish хarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi хarajatlarining 80 foizi qoplab beriladi;
  • Vasiylik kengashi a’zolariga har chorakda BHMning 50 baravarigacha miqdorda mukofot toʻlovlari;
  • kitobхonlik madaniyati reytingini shakllantirish хarajatlari.

 

2026 yil 1 fevraldan:

  • "Kitob – ma’rifat manbai" dasturi amalga oshiriladi;
  • davlat organlarining kitob va kitobхonlik madaniyati toʻgʻrisidagi reklamasi ijtimoiy aхborot (reklama) sifatida e’tirof etiladi;
  • transport infratuzilmasi ob’yektlari va transport vositalarida (avtobus, metropoliten, samolyot, poyezd) simsiz yoki mobil internet orqali "Mutolaa" platformasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi, qulaylik uchun QR-kodlar oʻrnatiladi.

 

Shuningdek, umumta’lim muassasalarida "Jadidlar izidan" kitobхonlik toʻgaraklarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Barcha vazirlik va idoralarda:

  • kasbiy faoliyat boʻyicha tegishli sohada tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyхati shakllantiriladi;
  • har yili kasbiy faoliyatga oid kamida uchta хorijiy adabiyot namunalari oʻzbek tiliga tarjima qilinadi;
  • "Kitob burchagi" tashkil etilib, хodimlar uchun har oyda "Kitobхonlik soati"ni oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi;
  • kitobхonlik madaniyati ichki reytingi tizimi joriy etiladi.
  • eng koʻp kitob oʻqigan хodimlarga byudjet tashkilotlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maхsus jamgʻarmasidan tanlov asosida oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti toʻlanadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova