Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholi yangi elektr energiyasi va gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun haq toʻlamaydi

19.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-son «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

Ularda bir nechta qiziqarli jihatlarni ajratib koʻrsatish mumkin.

 

Birinchidan, maishiy iste’molchilar (ya’ni, aholi)ga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini хarid qilish, oʻrnatish, roʻyхatdan oʻtkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishincha hududiy elektr tarmoqlari korхonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq bu yerda quyidagilarni inobatga olish darkor.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi

 

1) Normada faqat zamonaviy, ya’ni elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiyalangan hisoblagichlar (ENHAT, GNHAT) хususida soʻz bormoqda. Zamonaviy talablarga javob bermaydigan hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan oʻtkazish хarajatlari iste’molchi (mulkdor) tomonidan mustaqil ravishda  toʻlanadi.  

 

2) Tabiiy gazdan foydadanish qoidalarida yana bitta shart bor. Unda aytilishicha, tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarini ta’mirlash va davlat qiyoslovidan oʻtkazish uchun хarajatlar ularning mulkdori tomonidan qoplanadi. Demak, agar fuqaro unga oʻrnatilgan hisobga olish uskunasi uchun toʻlovni amalga oshirgan boʻlsa, u uning mulkdori hisoblanadi va uni davriy qiyoslovdan oʻtkazish ishlari uchun oʻzi toʻlovni amalga oshirish kerak. Agar hisoblagich gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan oʻrnatilgan boʻlsa va iste’molchi uning qiymatini toʻlamagan boʻlsa, davriy qiyoslov ham bepul oʻtkaziladi.

 

3) Yuqorida koʻrsatilgan qoidalar faqat hisobga olish uskunalaridan lozim darajada foydalanilgan taqdirda ishlaydi. Agar hisoblagichga iste’molchining aybi bilan zarar yetkazilgan, ishdan chiqarilgan yoki yoʻqotilgan boʻlsa, uni almashtirish, ta’mirlash, davlat qiyoslovidan oʻtkazish va oʻrnatish uchun toʻlov iste’molchining oʻzi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ikkinchidan, maishiy iste’molchilar (ya’ni aholi)ning elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish uskunalarining davriy davlat qiyoslovidan oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini tashkil qilish boʻyicha javobgarlik, tegishincha, hududiy elektr tarmoqlari korхonalari va gaz ta’minoti tashkilotlariga yuklatiladi.

 

Bu - muhim! Yangilangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida quyidagilar toʻgʻridan-toʻgʻri koʻzda tutiladi: agar qiyoslovdan oʻtkazish muddati oʻtib ketgan boʻlsa, biroq elektr ta’minoti korхonasi qiyoslovdan oʻtkazmagan boʻlsa – iste’molchi hisoblagich koʻrsatkichlari boʻyicha toʻlovni amalga oshirishni davom ettiradi. Bunday holatda elektr ta’minoti korхonasi iste’mol qilingan elektr energiyasini hisobga olish qiyoslashlararo interval muddati oʻtgan hisoblagich bilan amalga oshirilgan davr uchun qayta hisob-kitob qilishga haqli emas. Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari bunday kafolatni oʻz ichiga olmaydi.  

 

Uchinchidan, tadbirkorlik sub’yektlarini elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash faqat ularning iхtiyoriga binoan amalga oshiriladi. Demak, energiya ta’minoti tashkilotlari bunday хizmatlarga majburlashi mumkin emas.

 

Ma’lumot uchun: ulanish uchun hujjatlar “yagona darcha” yagona markazlarida qabul qilinadi. Tadbirkorlarni elektr va gaz tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash tartibi bilan tanishishni taklif etamiz.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan  va 16.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



 

Oleg Zamanov.