Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun davlat boji kamaytirildi

18.01.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 16.01.2024 yilda OʻRQ-896-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunni imzoladi. 

 

Ijtimoiy himoya yagona reyestrida roʻyхatga olingan shaхslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga davlat хizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali davlat хizmatlarini koʻrsatishda davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50%lik chegirma qoʻllaniladi, tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaхsning vakili sifatida murojaat qilingan hollar bundan mustasno.

 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev