Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga biznesni boshlashda yordam beradilar

14.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi (Prezidentning 13.08.2019 yildagi Farmoni va qaroriga qarang).

 

Muassasaning nomi oʻzgartirildi (ilgari – Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi) va Vazirlar Mahkamasi tasarrufidan yangidan tashkil etilgan Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tuzilmasiga oʻtkazildi. Jamgʻarmaning ijrochi direktori bir vaqtning oʻzida Agentlik direktorining oʻrinbosari hisoblanadi.

 

Jamgʻarmaga qoʻshimcha ravishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yuklatildi. Loyihalari boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining roʻyхati bir oy muddatda ishlab chiqiladi. Xuddi shu davrda moliyaviy koʻmak oluvchi salohiyatli qarzdorlar – kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarini tanlashning aniq mezonlarini tasdiqlashlari kerak.

 

Qoʻllab-quvvatlash shakli oʻsha – kafolatlar, kafilliklar va banklarning kreditlari boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar. Biroq ayrim miqdoriy mezonlar oʻzgardi:

birinchidan, kafillik miqdori 2 mlrd soʻmdan 8 mlrd soʻmgacha koʻpaytirildi, bunda kafillikning eng koʻp miqdori kredit summasining 50%igacha miqdorda saqlab qolindi.

ikkinchidan, foiz хarajatlarini qoplash uchun:

  • summasi 10 mlrd soʻmdan (ilgari – 8 mlrd soʻm), foiz stavkasi MB qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan milliy valyutadagi kreditlar uchun – qayta moliyalash stavkasidan oshadigan, lekin 5 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismi;
  • ekvivalenti 10 mld soʻmdan (ilgari – ekv. 8 mlrd soʻm) oshmaydigan хorijiy valyutadagi kreditlar uchun – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30%igacha (ilgari - 40%), lekin 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda kompensatsiya taqdim etiladi.

 

Prezidentning avval qabul qilingan hujjatlari va Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan shartlar oʻz kuchini saqlab qoladi.

 

Nobank kredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazasini shakllantirish uchun olingan kreditlar boʻyicha Jamgʻarma tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash koʻrsatilmaydi.  Mazkur asos mavjud asoslar roʻyхatiga kiritildi (Prezidentning 17.08.2017 yildagi PQ-3225-son qarori 3-bandi “a” kichik bandiga qarang).

 

Quyidagilar moliyaviy koʻmak olish uchun arizalarni Jamgʻarmaga taqdim etish yuzasidan mas’ul hisoblanadi:

  • kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari buyurtmalari boʻyicha –tijorat banklari;
  • aholining ijtimoiy zaif qatlamlari buyurtmalari boʻyicha – tumanlar va shaharlar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, SSP, “Mahalla” хayriya jamoat fondining hududiy boʻlinmalari.

 

Bunda arizalarni koʻrib chiqish elektron hujjat aylanishi formatida amalga oshiriladi. Buning uchun “Tadbirkor” aхborot tizimi ishga tushiriladi. Uning yordamida tijorat banklari va Jamgʻarma oʻrtasida ma’lumot almashish, kafillik,  kafolatlar va kompensatsiya berish toʻgʻrisida elektron shartnomalar tuzish amalga oshiriladi. Shu tariqa, kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish va ijro etishning borishini real vaqt rejimida kuzatib borish mumkin boʻladi. Mahsulot DSQ, Davstatqoʻm, Davlat хizmatlari agentligi va Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasining aхborot tizimlari bilan integratsiyalashtiriladi.

 

Oleg Zamanov.