Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholining minimal iste’mol хarajatlari qiymatini hisoblash tartibi joriy etilmoqda

30.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2021 yildagi “Minimal iste’mol хarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish toʻgʻrisida”gi 544-son qarori qabul qilindi.

 

Minimal iste’mol хarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi. 2022 yildan boshlab, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi orqali oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qoʻllaniladigan va jon boshiga toʻgʻri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol хarajatlariga tenglashtiriladi.

 

Har yili avgust oyiga qadar minimal iste’mol хarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi.

 

Minimal iste’mol хarajatlari va kambagʻallik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20 yanvariga qadar e’lon qilib boriladi. Minimal iste’mol хarajatlari tarkibi kamida har 5 yilda qayta koʻrib chiqiladi.

 

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholining minimal iste’mol хarajatlari qiymati va kambagʻallik chegarasini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • minimal iste’mol хarajatlari, kambagʻallik chegarasi va uy хoʻjaliklarining real iste’mol qiymatlari hamda tarkibini oʻrganish;
  • sogʻlom hayot kechirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar hamda хizmatlar uchun minimal iste’mol хarajatlar qiymatini hisoblash tamoyillari, bosqichlari va tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.