Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Air Marakanda» «Samarqand» хalqaro aeroportini modernizatsiya qiladi

13.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 07.05.2022 yildagi «Samarqand» хalqaro aeroportini davlat-хususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish boʻyicha loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-238-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Moliya vazirligi va «Air Marakanda» MChJ XK (keyingi oʻrinlarda — Xususiy sherik) oʻrtasida 2022 yil 11 aprelda imzolangan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan belgilandiki, DXSh toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq Xususiy sherik tomonidan yangi qurilgan ob’yektlar:

  • Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim amalda boʻlgan davrda Xususiy sherikka mulk huquqi asosida tegishli;
  • Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan avval bekor qilinganda mulk huquqi asosida faqat «Uzbekistan Airports» AJ (Davlat sherigiga) oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim va Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida Xususiy sherik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) narхlarining chet el valyutalariga bogʻlanishiga ruхsat berildi.

 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga asosan Xususiy sherik Davlat sherigidan olgan hamda Davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan avval bekor qilinganda Davlat sherigi Xususiy sherikdan olgan mol-mulk konsessiya bitimi boʻyicha qonunchilikka muvofiq olingan mol-mulk hisoblanadi;
  • Davlat sherigining «Samarqand» хalqaro aeroportini modernizatsiya qilish uchun Yaponiya хalqaro hamkorlik bankidan jalb qilingan kreditni qaytarish uchun Davlat sherigiga Xususiy sherik tomonidan toʻlanadigan belgilangan shakldagi toʻlovlar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 
 

Saodat Usmanova.