Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

AJ umumiy yigʻilishi vakolatlari kengaydi

04.01.2016

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” 26.04.1996 yildagi 223–I-son Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatini aniqlashga tuzatish kiritildi. Agar ular qimmatli qogʻozlar fond birjasi birja kotirovkasi listingiga kiritilgan boʻlsa, ularning birja kotirovkasi mazkur qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati deb e’tirof etiladi.

 

Toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha hisoblab yozilgan penya miqdori ushbu dividendlar summasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.

 

Aksiyadorlar yillik umumiy yigʻilishining kun tartibiga endilikda jamiyatning ijrochi organi va kuzatuv kengashining uning rivojlanish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqish ham kiradi.

 

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining vakolatlari kengaydi, endi unga aniq muddatlarni belgilagan holda oʻrta va uzoq muddatga jamiyatning rivojlanish strategiyasini tasdiqlash ham kiradi.

 

Hujjat bilan aniqlashtirilishicha, kuzatuv kengashi vakolatiga kiradigan jamiyat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilashni, endilikda muntazam ravishda jamiyat ijrochi organining rivojlanish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish bilan amalga oshirish mumkin.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan jamiyat direktori yoki boshqaruv a’zolarini tayinlash uchun tanlovda хorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin.

 

Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan yillik hisobotni dastlabki tasdiqlash aksiyadorlar yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan 10 kun oldin kechiktirmay (avval – 30 kun oldin) oʻtkazilishi kerak.

 

Hujjat bilan jamiyatga aksiyadorlar yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan 2 hafta oldin kechiktirmay Audit хalqaro standartlariga muvofiq tashqi audit oʻtkazilgan keyin MHXSga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni  e’lon qilish majburiyati joriy qilindi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.