Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

AJ ustav kapitali faqat qoʻshimcha aksiyalar hisobiga oshiriladi

17.08.2016

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi (AV tomonidan 2.08.2016 yilda 2000-5-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan «Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi buyrugʻiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

AJ shaklida faoliyat yuritayotgan emitentning ustav kapitalini aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan koʻpaytirish imkoniyati chiqarib tashlandi. Endi ustav kapitalini faqat qoʻshimcha aksiyalar joylashtirish yoʻli bilan oshirish mumkin.

 

Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalasi qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va (yoki) risolaga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan yoki emitent vakolatli organining avval roʻyхatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishlariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilinganidan keyin tiklanishini nazarda tutuvchi me’yor bekor qilindi.

 

Aniqlashtirilishicha, emitent ustav kapitalini oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi tipdagi aksiyalar tegishli boʻlsa, ayni oʻsha tipdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

 

Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga emitent ustav kapitalidagi davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan emitentning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari boʻlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 8.08.2016 yildagi 31-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.

 

 

Mavzu boʻyicha material: 

 

Qimmatli qogʻozlar maхsus komissiya tomonidan yoʻq qilinadi