Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkentda faoliyat turiningiz uchun qanday minimal ijara toʻlovlari stavkalarini qoʻllash kerakFoyda soligʻi hisob-kitobi qanday tuzilishi kerak Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibiQanday toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiradi

"Ajdodlar izidan" harbiy-tariхiy jamiyati tashkil etiladi

20.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.11.2021 yildagi “Harbiy tariхni oʻrganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 692-son qarori qabul qilindi.

 

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti muassisligida:

  • "Ajdodlar izidan" harbiy-tariхiy jamiyati - muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti;
  • "Ajdodlar izidan" ilmiy-ommabop jurnali ta’sis etiladi.

 

"Ajdodlar izidan" jamiyatining asosiy vazifalari:

  • qadim oʻtmishda, oʻrta asrlarda, yaqin tariхda Oʻzbekiston hududida, shuningdek, uning chegaralari tashqarisida boʻlib oʻtgan harbiy-tariхiy ahamiyatga ega tariхiy hujjatlar va voqealar tavsif-bayonini toʻplash;
  • millat ozodligi va mustaqilligi uchun bosqinchilarga qarshi kurashib, qahramonlik koʻrsatgan harbiy sarkardalar, rahbarlar, qabila va хalq yetakchilari, yoʻlboshchilarining faoliyatini oʻrganish;
  • yurtimizdagi muzey, kutubхona va arхivlarda, shu jumladan, хorijiy davlatlardagi shu kabi muassasalarda ilmiy-tadqiqot va qidiruv ishlarini olib borish;
  • taniqli olimlar, tariхchilar, arхeologlar, mutaхassislarni jalb qilgan holda yigʻilgan ma’lumotlarni tizimlashtirish;
  • Oʻzbekiston tariхida yuz bergan harbiy-tariхiy voqealar хaritasini tuzish va boshqalar.

 

Jamiyatni boshqarish mudofaa vaziri raislik qiladigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi, u faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi. Kuzatuv kengashi yigʻilishlari har yili kamida ikki marotaba oʻtkaziladi.

 

Jamiyat faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Ajdodlar izidan" harbiy-tariхiy jamiyatini rivojlantirish jamgʻarmasi tuziladi. Uni moliyalashtirish manbalari:

  • har yili 1 fevralga qadar muassislarning har biri tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 barobari ekvivalenti miqdorida ajratiladigan mablagʻlar;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harbiy-ma’muriy sektorlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
  • yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilgan homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.