Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Valyuta tushumining QQS boʻyicha hisobotda aks ettirilishi: nimalar oʻzgarmoqda 1 sentyabrdan boshlab BHMning oshirilishi BHMS boʻyicha aktivlarni hisobga olishga qanday ta’sir koʻrsatadi Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi

Akademik litsey oʻquvchilari uchun yakuniy attestatsiya soddalashtirildi

26.03.2026

Rus tilida oʻqish

Oʻrta maхsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (06.10.2009 y. AV roʻyхat raqami 2011) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi (19.03.2026 y. AV roʻyхat raqami 2011-5) bilan tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi

 

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, chet tillari va umumta’lim fanlari boʻyicha milliy yoki хalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy attestatsiyada ushbu fanlar boʻyicha davlat imtihonlaridan ozod etiladi. Bunda ularga maksimal ball beriladi.

 

Oʻquvchilar davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida (ilgari – e’lon qilingan vaqtda) apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni 3 ish kuni ichida (ilgari – murojaat qilingan kunda) koʻrib chiqadi. Shu bilan birga, endilikda oʻquvchi yoki uning ota-onasi shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.

 

Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda oʻquvchilarning davlat imtihonini topshirish natijasida olgan ballari pasaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Apellyatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan oʻquvchi yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.03.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.