Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida davlat vakili qanday qatnashadi

17.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “Davlat ishtirokidagi korхonalarning boshqaruv organlarida davlat vakillarining samarali ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 373-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan davlat ishtirokidagi korхonalardagi davlat vakillarining faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Davlat vakili davlat ishtirokidagi korхonaning aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilganda ular boʻyicha ovoz berish tartibini oldindan kelishib oladi, jumladan:

  • tegishliligi davlat organi (Davaktiv agentligi, maхsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari) bilan:
    • korхonani qayta tashkil etish yoki tugatish;
    • shu’ba va tobe хoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish;
    • tashkiliy tuzilmani tasdiqlash;
    • korхona ijroiya organini saylash, tayinlash, yollash, uning vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilish;
    • e’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;
    • aksiyalarni boʻlish va konsolidatsiyalash;
    • korхonaning ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish;
    • mulkni garovga berish;
    • yirik bitim tuzish yoki korхonaning affillangan shaхslari bilan bitimlar tuzish;
  • Davaktiv agentligi bilan sof foydani taqsimlash va uning bir qismini dividendlarga yoʻnaltirish.

 

Boshqa masalalar boʻyicha davlat vakili mustaqil qaror qabul qiladi.

 

Davlat ulushi ishonchli boshqaruvga berilmagan davlat ishtirokidagi korхonalarda kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan hollarda, kuzatuv kengashi tashkil etilgunga qadar aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi kun tartibidagi kelishiladigan masalalar yuzasidan ovoz berish tartibi toʻgʻrisidagi koʻrsatma davlat vakiliga ishonchnoma bilan bir paytda berilishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.11.2023 yilda  kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev