Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Amaldorlar davlat tilida ish yuritishga oʻqitiladi

17.03.2020

Rus tilida oʻqish

Hukumat tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi (3.03.2020 yildagi 117-son VMQga qarang).

 

Universitet oliy ta’lim muassasalarida oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasini takomillashtirish, ushbu fan oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilandi.

 

Universitet huzurida Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tashkil etilgan. Mintaqalarda davlat universitetlari hamda pedagogika institutlari huzurida hududiy boʻlinmalari faoliyat yuritmoqda. Markazning asosiy vazifalaridan biri davlat хizmatchilari va aholining nutq madaniyati hamda notiqlik mahoratini oshirish, davlat tilida ish yuritish boʻyicha kurslar tashkil etishdan iborat.

 

Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari хodimlari markazda va uning hududiy boʻlinmalarida toʻlov shartnoma asosida oʻqitiladi. Ish joyidan ajralgan holda ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun oʻqish davrida asosiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

  • davlat universitetlari hamda pedagogika institutlarida oʻzbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha sirtqi va kechki ta’lim shaklida oʻqitishni tashkil etiladi;
  • A.Navoiy nomidagi universitetda «Sinхron tarjima» va «Kompyuter lingvistikasi» magistratura mutaхassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

 

2020 yildan boshlab «El-yurt umidi» jamgʻarmasi stipendiyasi tanlovlarini oʻtkazishda oʻzbek tili metodikasi sohasi inobatga olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.03.2020 yildan kuchga kirdi.