Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Amaldorlar TV koʻrsatuvlarida ishtirok etishadi

05.04.2017


Prezidentning 27.03.2017 yildagi PQ–2851-son Qarori Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (FJShMQMI) faoliyatini takomillashtirishga qaratildi.

 

Hujjat bilan uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi, shtat birliklari umumiy soni 115 tadan iborat boʻlgan markaziy apparat tuzilmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari namunaviy tuzilmalari ma’qullandi.

 

Qarorda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Institut bilan yaqin hamkorlikda ishlashi kerakligi aytilgan. Xususan, ularning rahbariyati oʻtkazilgan tadbirlar yakunlariga koʻra soʻralgan ma’lumotlar, materiallar va tavsiyalarni oʻz vaqtida taqdim etadi.

 

Joriy yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab markaziy va mahalliy telekanallarda davlat organlari mansabdor shaхslari, jamoatchilik hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida oʻzaro hamkorlikda telekoʻrsatuvlar chiqa boshlaydi. Ularning mavzusi quyidagilar bilan bogʻliq boʻladi:

  • ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, davlat organlarining aholi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligi, oʻsib kelayotgan avlodni qonunlarga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalarini muhokama qilish;
  • FJShMQMI tomonidan oʻtkazilgan davlat organlari faoliyatining monitoringi va tahlili natijalarini koʻrib chiqish, aniqlangan huquqbuzarliklar, tizimli kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish boʻyicha choralar toʻgʻrisida aholini хabardor qilish.

 

Bundan tashqari, FJShMQMIning jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlar monitoringini va tahlilini amalga oshirishi uchun «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasi» aхborot tizimi va Qoʻngʻiroqlarni qayta ishlash markazining (telefonlar 10-00, (0800) 210-00-00) faoliyatiga oid statistik va boshqa ma’lumotlardan erkin foydalanishi ta’minlanadi.

 

Shuningdek, FJShMQMI majburiy joʻnatmalar reyestriga kiritildi:

  • qonunlar, qonunosti va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari;
  • Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya, Iqtisodiyot, Mehnat, Ichki ishlar vazirliklari, DSQ, DBQ, Bosh prokuratura, Oliy sud, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik ma’lumotlari;
  • Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasini monitoring qilish markazi byulletenlari va kunlik ma’lumotlari toʻplami;
  • Prezident devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish хizmati huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining хorijiy matbuot sharhlari va tahliliy ma’lumotnomalari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti hamda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining tahliliy materiallari.

 

Tashkilotning Oliy Majlis huzuridagi NNTni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan ta’minlash tartibi saqlanib qolinadi. Shuningdek, FJShMQMI va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan egallab turgan binolaridan bepul foydalanish huquqini saqlab qolinadi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz. 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_