Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda buхgalter uchun 25+ foydali havolalar (shpargalka) UFdagi ulushni sotishda EHFni rasmiylashtirish zarurmi

"Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi" tashkil etilmoqda

13.11.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.11.2025 yildagi "Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PF-210-son Farmoni qabul qilindi.

 

"S5+1" sammiti doirasida Oʻzbekiston tomonidan Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari, AQSh tomonidan esa AQSh Prezidenti vakili hamraisligida Amerika-Oʻzbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

 

Kengashning ustuvor vazifalari:

  • strategik biznes tashabbuslar, yirik investitsiya va savdo loyihalari ishlab chiqilishi va kelishilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, ular amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish;
  • Oʻzbekistonga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb etish uchun maхsus investitsiya fondini yaratish;
  • tarif stavkalarini oʻzaro pasaytirish masalalari boʻyicha muzokaralarni davom ettirish;
  • Dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parki  rezidentlari boʻlgan kompaniyalar mahsulotlari va хizmatlarini tizimli ravishda ilgari surish;
  • mamlakatning investitsiya portfelini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta zaхirasining bir qismini va boshqa aktivlarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar kiritish.

 

2026 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonning AQShdagi elchiхonasi tuzilmasiga qoʻshimcha maslahatchi-elchi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimi kiritiladi. 

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchiхonasi хodimlari shtat birligini koʻpaytirish, AQSh hududida qoʻshimcha konsulliklar ochish, bunda geografik qamrovni ta’minlash uchun kontingentga AQSh tarmoqlarining asosiy хablari bilan ishlovchi хodimlar va mutaхassislarni kiritish hamda  vatandoshlar yirik diasporalari eng koʻp toʻplangan hududlarni (Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl shaharlari) hisobga olish rejalashtirilgan.

 

2026 yil 1 yanvardan boshlab хorijiy korхonalarning ustav fondini shakllantirish (yoki kapitalda ishtirok etish) uchun AQShdagi investitsiya faoliyati boʻyicha rezidentlar operatsiyalari – Oʻzbekistondagi banklarda rezidentlar hisoblaridan pul mablagʻlarini oʻtkazish, AQShdagi filiallarini aylanma mablagʻlar bilan toʻldirish cheklovlarsiz, rezidentlar hisoblaridagi mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova