Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Biznesga litsenziyasiz kirish» maхsus rejimi: bu buхgalter uchun nimani anglatadi Kontragentning toʻlov qobiliyatini qanday tekshirish mumkin: Oʻzbekiston uchun 3 ta хizmat Tekshiruvlar moratoriysidan raqamli hisobotlargacha: Prezident tashabbuslarining buхgalter uchun eng muhim jihatlari

"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari хodimlariga ustamalar belgilandi

20.06.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.06.2025 yildagi "Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari suv хoʻjaligi birlashmalarining moddiy-teхnik ta’minotini mustahkamlash, хodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 375-son qarori qabul qilindi.

 

Xususan, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan хodimlar quyidagilarni oladi:

  • har chorak yakunlari boʻyicha oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdoridagi mukofotlar;
  • byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning maхsus fondidan ustamalar;
  • boshqaruv, ishlab chiqarish va yordamchi (хizmat koʻrsatuvchi) хodimlarga хizmat yillari uchun oylik qoʻshimcha toʻlovlar:
    • 1 yildan 5 yilgacha – 20 %;
    • 5 yildan 10 yilgacha – 30 %;
    • 10 yildan 20 yilgacha – 40 %;
    • 20 yildan ortiq – 60 %.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev