Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Andijon suv ombori birgalikda boshqariladi

05.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident 30.11.2022 yildagi «Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida»gi OʻRQ-805-son Qonunni imzoladi. Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 14.11.2022 yilda qabul qilingan va Senat tomonidan 18.11.2022 yilda ma’qullangan.

 

Bitim 11 moddadan iborat, shuningdek suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish boʻyicha komissiya tashkil etildi va uning faoliyati toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston vakolatli davlat organlari belgilandi. Oʻzbekiston tomonidan ular – Suv хoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

 

Bitimda Andijon suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish toʻgʻrisidagi Bitim tomonlarining oʻzaro majburiyatlari aks ettirilgan.

 

Oʻzbekiston tomoni suv omborida muayyan suv darajasini saqlash, Qirgʻiziston fuqarolarining suv omboridagi suvdan erkin foydalanishlarini ta’minlash (hayvonlarni sugʻorish, sugʻorish, baliqchilik), suv ombori atrofida muhandislik-teхnik inshootlar oʻrnatmaslik majburiyatini zimmasiga oldi. Qirgʻiziston tomoni suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash va suvdan foydalanish rejimiga amal qilish majburiyatini zimmasiga oldi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.12.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.